Argentinalik, Chilining “Odeks Italiano” futbol klubi yarim himoyachisi Sebastyan Pol Chili chempionati matchining yakunida “Universidad Katolika” futbol klubi ishqibozining boshiga tepdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.  

Mazkur voqea aks etgan video YouTubening ACONTRATA kanaliga joylashtirildi.

Futbolchi maydon va tribunani ajratib turuvchi to`siq ustiga chiqib, erkaklardan birining boshiga tepdi va qaytib, maydonga sakradi. O`yin tugagandan keyin Pol qo`lga olinib, guvohlik berish uchun polisiya mahkamasiga olib ketildi. Ayni paytda jinoyat ishi qo`zg`atish masalasi ko`rilmoqda.

O`yin 4:1 hisobida  “Universidad Katolika” foydasiga hal bo`ldi.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH