AQShdagi prezident saylovida Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp g‘alaba qozondi. Saylovchilarning ta’lim darajasi, daromadi, yoshi va terisi rangi haqidagi 25 ming kishini qamrab olgan batafsil so‘rov ma’lumotlariga asoslanib, Meduza nashri Donald Trampning tipik saylovchisi portretini tayyorladi.

Trampga ovoz bergan odatiy amerikalik — bu:

Yoshi 45 dan oshgan, oliy ta’lim ko‘rmagan oq tanli erkak. Uylangan. Kichik shaharda yoki qishloq joyda yashaydi. Nasroniy, haftasiga kamida bir marta cherkovga boradi. Noqonuniy muhojirlarning deportatsiya qilinishi va Meksika bilan chegarada devor qurilishi tarafdori, Barak Obamaning faoliyatidan norozi. Amerikaliklarning kelgusi avlodi hozirgilaridan ko‘ra yomonroq yashaydi, degan nuqtai nazar egasi. Uning fikricha, siyosatdagi asosiy muammo — tashqi siyosat yoki iqtisodiy masalalar emas, balki muhojirlar va terrorchilikdir. Prezidentlikka nomzoddagi eng asosiy sifat — o‘zgarishlar bo‘lishini ta’minlay olish, deb hisoblaydi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH