AQShning yangi birinchi xonimi Melanya Trampning bayonot berishicha, u internetdagi adolatsizlikka qarshi kurashadi. Bu haqda, CNN telekanali xabar qilmoqda.

Uning birinchi xonim sifatidagi faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri, ayollar va bolalarga ko’mak berishdan tashqari, kiberbezorilikka qarshi kurashish ham bo’ladi.

Ta`kidlanishicha, uning turmush o’rtog’i o’z raqiblarining tashqi ko’rinishlari va aqliy salohiyatlarini ijtimoiy tarmoqlarda bir necha marotaba masxara qilgan bir vaqtda, Melanya internetdagi pastkashlikka barham berish borasida va`da berib, «Amerika madaniyati qo’pol va pastkash» bo’lib qolganini ta`kidlagan.

«Bolalar bir-birini mazax qilib, qo’rqitishgani yaxshi emas. Bu kabi voqealar bolalar maydonchasida bo’layotgani xavotirli bo’lsa, ularning internet uchun suratga ham olinishini qanday qabul qilish mumkin? Biz bir-birimiz bilan muloqotning va bolalarimizdagi mehribonlikni qo’llashning boshqa samarali usullarini topishimiz kerak», — degan Melanya Pensilvaniya shtatida qilgan chiqishida.

Telekanalga ko’ra, birinchi xonimning faoliyati Donald Trampning muhojirlikka qarshi qattiq siyosatida muvozanatni tiklashi mumkin.

Melanya Trampning so’zlariga ko’ra, 2006 yilda AQSh fuqaroligini olishi uning uchun «dunyodagi eng buyuk imtiyoz»dir. Sobiq model, milliyerderning rafiqasi 2017 yil 20 yanvaridan keyin AQSh tarixida ikkinchi asli xorijlik birinchi xonimi bo’ladi.

manba: Kun.uz

ULASHISH