AQShda 28-noyabr, kiberdushanba kungi onlayn-sotuvlar hajmi o‘tgan yilga nisbatan 12,1 foizga oshib, rekord darajadagi summa — 3,45 milliard dollarni tashkil etdi. Adobe Digital Insights tahliliy kompaniyasi ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi “Vedomosti”.

Rojdestvodan oldingi sotuvlarning birinchi to‘rt kunidan so‘ng Adobe mavsum mobaynidagi onlayn-sotuv hajmi 91,6 milliard dollardan iborat bo‘lishini ishonch bilan tasdiqlamoqda. Kiberdushanbada xaridlarning 30 foizdan ziyodi mobil qurilmalardan amalga oshirildi.

Eng katta chegirmalar (o‘rtacha 21,4 foiz) televizorlar uchun taklif etildi. Elektron tovarlar orasida iPhone 4 smartfoni, PlayStation 4 o‘yin dasturi va Fire planshetiga talab yuqori bo‘ldi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH