AQSh Kongressi Vakillar palatasining sobiq spikeri Nyut Gingrich mamlakatning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp hukumatida davlat kotibi bo‘lishdan bosh tortdi, deb yozadi “TASS”.

Bunday pozitsiyasini u Amerikaning Mother Jones liberal jurnaliga bergan intervyusida bildirdi.

“Men AQSh davlat kotibi bo‘lmoqchi emasman”, — deya ta’kidladi u. “Shunchaki bo‘lishni istamayman”, — deya siyosatchi jurnalistning o‘z qarorini izohlash so‘roviga javob berdi.

Gingrich Oq uyda, prezident huzurida uzoq muddatli rejalashtirishga va davlat organlari faoliyatini tahlil qilishga javobgar bo‘lishni istashini tan oldi.

Amerikaning yetakchi OAVlari o‘z manbalariga tayanib, o‘tgan yili birinchilardan bo‘lib milliarderni qo‘llab-quvvatlab chiqqan sobiq spikerga Tramp hokimiyatida Amerika diplomatiyasi rahbari lavozimi berilishini taxmin qildi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH