AQSH da 19 yoshli Gektor Freyrni soatiga 330 km dan yuqori tezlikda yurgani uchun qo`lga olishdi. Bu haqda Oklahoma City Press ga tayanib motor.ru xabar berdi.
Qoidabuzarlik 14-noyabr kuni Oklahoma shatati, Oklahoma-Citi shahri yaqinidagi Kilpatrik Ternpayk trassasida yuz bergan. Politsiya soatiga 135 km tezlik bilan ketayotgan 2011 yilda chiqqan Ford Mustang sport mashinasini to`xtatishga harakat qilgan, biroq haydovchi taqibdan qochishga urinib, tezlikni soatiga 283 km ga ko`targan.

photo_2016-11-18_17-07-13Quvish vaqtida politsiya mashinasining radari Mustang tezligi soatiga 334 km ga yetganini qayd etgan. «Bu yigit bizdan berkinishga urindi. Qaysidir vaqtda u sezilmay qolish umidida faralarini ham o`chirib qo`ydi», — deydi Oklohoma yo`l-patrul kapitani Pol Timmons.
Oxir oqibatda Freyr to`xtatildi va qo`lga olindi. Unga yo`lda xavfli haydash va hokimyat vakillariga bo`ysunmaslik aybi qo`yildi.
Qoidabuzar aynan qanday Mustangda harakatlangani aniq emas. Ko`rsatmalarga ko`ra Freyr sport mashinasining modernizatsiyalangan versiyasida harakatlangan. Chunki 2011 yilgi Ford Mustang Shelby GT500 ning maksimal tezligi soatiga 305 km ni tashkil etadi.

ULASHISH