Maktab avtobusi bilan yuz bergan avtohalokat natijasida olti kishi halok bo‘ldi, yana 23 kishi jarohatlandi. Avtohalokat Tennessi shtatida yuz bergan, — deb xabar beradi mir24.tv Associated Press ga asoslanib.

Halok bo‘lganlarning yoshi aniqlanmoqda. Hozircha faqat avtobus yo‘lda qayrilgani, keyin daraxtga borib urilganigina ma’lum. Haydovchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Bu o‘tgan hafta davomidagi Tennesi shtatida maktab avtobusi ishtirokida yuz bergan uchinchi avtohalokatdir. Yaqinda to‘xtab turgan avtobusga yuk mashinasi kelib urilishi natijada 20 kishi jarohat olgan edi.

19-noyabrda esa avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan, avtobus aylanib ketib, pastlikka sirg‘alib ketgan. Bu vaqtda avtobus salonida 43 nafar o‘quvchi va ikki kuzatuvchi bo‘lgan. Bolalar hayotlariga xavf tug‘dirmaydigan yengil jarohat olishgan.

ULASHISH