Apple kompaniyasi britaniyalik Sharakat Husaynga iPhone uchun 799 funt-sterlingni qaytarishdan bosh tortdi, deya xabar bermoqda “Vesti.ru”.

Kompaniya pulni qaytarish uchun Sharakat Husayndan u marhum diktator Saddam Husayn emasligini isbotlashni talab qilgan.

The Sun nashrining yozishicha, birmingemlik 26 yoshli haydovchi opasiga sovg‘a qilish maqsadida smartfon sotib olgan, biroq opasiga bu sovg‘a yoqmagach, Husayn qurilmani qaytarish uchun yana do‘konga murojaat qilgan.

Xabar berishlaricha, korporatsiya qurilmani qaytarib olish va Husaynga pulni qaytarish masalasida rad javobini bergan.

manba: Daryo.uz

ULASHISH