Apple klaviatura usti sensorli paneliga ega yangi MacBook Pro’ni taqdim etdi

Apple kompaniyasi kaviaturasi ustida OLED texnologiyasi bo‘yicha ishlangan Touch Bar sensorli paneliga ega yangi avlod MacBook Pro taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

d22331720d005f-680x383

Uskuna 13 va 15 dyuymli displeylarga ega variantlarda sotuvga chiqariladi. Apple vakillarining ta’kidlashicha, bu tarixdagi eng yupqa va yengil MacBook Pro’dir. Uskuna vazni — 1,8 kilogramm.

Yangi avlod MacBook’ning asosiy yangiligi — Touch Bar sensorli paneli. U yupqa Retina-displeydan iborat bo‘lib, klaviatura ustida joylashgandir. U multitouch texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, ishlayotgan dasturga qarab tegishli axborotni aks ettiradi.

f365016646cf6f-680x446

Uning yordamida videoni o‘tkazish yoki matnni formatlash mumkin. Bundan tashqari, endi MacBook’da iPhone va iPad’dagi singari prediktiv kiritish joriy etildi. Bunda so‘zlar sensorli panelning o‘zida paydo bo‘ladi.

Touch Bar’ning o‘ng chetida Touch ID barmoq izlari skaneri joylashgan. Yangi panel Apple’ga klaviaturadagi tugmalarning bir qismidan, jumladan, Esc va F1–F12 dan voz kechish imkonini berdi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH