Apple marketing strategiyasini o‘zgartirish va 2017-yilda yetakchi smartfonini ikki emas, turli shakldagi uchta modelini chiqarishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda kompaniya yetkazib beruvchilaridagi manbaga tayanib, Yaponiyaning Nikkei nashri ma’lum qildi, deya xabar beradi TJournal.

Nikkei manbalariga ko‘ra, iPhone 8 uch ko‘rinishda taqdim etiladi: ikkisi klassik uslubdagi, 4,7 va 5,5 dyuymlarga, uchinchisi esa 5 dyuymli diagonalga ega bo‘ladi.

Barcha modellar shishali, alyumin doira bilan o‘ralgan orqa qopqoq bilan jihozlanadi. Bu jihatdan ularning iPhone 4 ga o‘xshash bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

manba: Daryo.uz

ULASHISH