Angliya chempionati 9-tur markaziy o`yinida «Manchester Yunayted» jamoasi Londonda «Chelsi» futbolchilariga qarshi bahs olib bordi. 

Qiziqarli va gollarga boy kechgan o`yinda «Chelsi» yirik — 4:0 hisobida zafar quchdi. O`yinning 35-soniyasida Pedro hisobni ochgan bo`lsa, 21-daqiqada Gari Kexill hisobni oshirdi.

O`yinning 62-daqiqasida Eden Azar hisobni yirik ko`rinishga olib keldi. 70-daqiqada Ngolo Kante jamoasining uchrashuvdagi 4-goliga mualliflik qildi.

“Chelsi” – “Manchester Yunayted” 4:0

Gollar: Pedro, 1, Kexill, 21, Azar, 62, Kante, 70

“Chelsi”: Kurtua – Aspilikueta, David Luis, Kexill – Mozes, Kante, Matich, Alonso – Pedro (Chaloba, 71), Diego Kosta (Batshuayi, 78), Azar (Villian, 78).

“Manchester Yunayted”: De Xea – Valensiya, Baylli (Roxo, 52), Smolling, Blind – Errera, Fellaini (Mata, 46) – Lingard (Martial, 65), Pogba, Rashford – Ibraximovich.

Ogohlantirishlar: Pedro, David Luis, Alonso – Baylli, Pogba.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH