Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasining 12-turi “Chelsi” uchun omadli keldi. Uni “Midlsbro” maydonida o‘tkazgan Antonio Konte jamoasi Diyego Kostaning yagona goli evaziga muvaffaqiyat qozondi.

Mazkur g‘alaba londonliklarni turnir jadvalida 1-o‘ringa olib chiqdi. “Chelsi” hisobida 28 ochko bor. “Liverpul” va “Manchester Siti” klublari 27 ochko bilan kuchli uchlikni yakunlagan. 12-turdan keyin imkoniyatni boy bermagan yagona jamoa “Tottenhem” bo‘lib, klub turnir jadvalida beshinchi pog‘onada qayd etilgan.

Angliya Premyer-Ligasi
12-tur o‘yini
20-noyabr, yakshanba

“Midlsbro” — “Chelsi” 0:1

Gol: Diyego Kosta, 41 (0:1).

manba: Daryo.uz

ULASHISH