Bayramona g’oya

Kerakli mahsulotlar:

Sabzi 1 dona

Bosh piyoz 1-2 dona

Kartoshka 1 dona

Tovuq lahmi 1 dona

Qattiq pishloq 150 gramm

Mayonez 100 gramm

Tayyorlanishi:

Kartoshka qaynatiladi, qirg’ichdan chiqariladi va likopga apelsin bo’lagi shaklida solinadi. Mayonezni to’r shaklida surkab chiqiladi. Tovuq go’shtini kubik shaklida to’g’raladi, kartoshka ustiga joylashtiriladi va yana mayonez bilan qoplanadi. Piyoz kubik shaklida to’g’ralib, mayonez surkaladi. Sanchqi yordamida bir tekisda taqsimlanadi.

Marinadlangan bodringlar kubik shaklida to’g’raladi, ularga ham mayonez surkaladi. Sabzi qaynatiladi, mayda tishli qirg’ichdan o’tkaziladi. Sabzini apelsin shaklidagi bo’lakning ustiga joylashtiriladi. Qolgan barcha qismni qirg’ichlangan qattiq pishloq bilan yopiladi va mayonez bilan bo’g’imlar yasaladi. Salat 1-2 soat bir-biriga singishi uchun muzlatgichga qo’yiladi.

ULASHISH