Atletiko hujumchisi Antuan Grizmann Yevro-2016dan so’ng Real hujumchisi Krishtianu Ronalduga aytgan gapiga izoh berdi, deb xabar beradi «Championat.asia».

Men Ronaldu va uning do’stlarini restoranda ko’rib qoldim. G’aroyib tasodif. Men uning yoniga Yevro-2016 va YeCHLdagi g’alaba bilan tabriklash uchun bordim.

Men shu tariqa hazillashdim. Ronaldu meni ikki bor finalda mag’lub etgani va bizning maydonda xet-trik qayd etganidan keyin unga bo’lgan munosabaim o’zgarmaydi. Krishtianu Ronalduni hurmat qilaman, – deydi Grizmann.

ULASHISH