Anqara O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy qildi va Toshkent tomonidan ham shunday qadamni kutmoqda. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li ma’lum qildi, deb yozadi “1news.uz”.

“Turkiya O‘zbekiston bilan aloqalarda yangi sahifa ochdi. Turkiya O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni kiritdi. Umid qilamizki, O‘zbekiston ham Turkiya fuqarolari uchun vizalarni bekor qiladi”, — dedi Chavusho‘g‘li.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Samarqandga tashrif buyurib, Islom Karimov qabrini ziyorat qilgan va Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan edi.

ULASHISH