Federal qidiruv byurosi xodimlari Bred Pitt va uning 15 yoshli o‘g‘li Meddoks o‘rtasida yuz bergan mojaro yuzasidan aktrisa Anjelina Jolini so‘roq qildi. Bu haqda “Argumenti i fakti” xabar berdi.

Sentabr oyida Joli ajrashish uchun ariza berganligi ma’lum bo‘lgan edi. OAVlar bunga Pittning alkogol ta’sirida bolalarga nisbatan tajovuzkor bo‘lishini sabablardan biri qilib ko‘rsatdi.

Keyinroq Pitt xususiy samolyotdagi parvoz davomida bolalarga ovozini ko‘targanligi va ulardan biriga qo‘l ko‘targanligi haqida ma’lum qilingan edi. Politsiya hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Manbalarning ma’lum qilishicha, Pitt o‘g‘lining qaysidir gapidan jahli chiqib unga tashlanganda Joli ularning o‘rtasiga kirishga ulgurgan. Shifokorlar bolani ko‘zdan kechirganda unda kaltaklanganlik alomatlarini topmagan.

manba: Daryo.uz

ULASHISH