Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining chorak finaliga yo‘llanma olgan barcha klub nomiga oydinlik kiritildi. 25-oktabr kuni nimchorak finalning beshta o‘yini yakuniga yetgan bo‘lsa, oradan bir kun o‘tib qolgan uch uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” klublari o‘rtasidagi derbi Joze Mourinyo shogirdlarining minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Uchrashuvdagi yagona golga Xuan Mata mualliflik qildi. Angliya Premyer-Ligasi doirasida kechgan mazkur jamoalarning o‘zaro bellashuvida “Siti” 2:1 hisobida ustun kelgandi.

“Vest Hem” va “Chelsi” o‘rtasidagi London derbisi esa Slaven Bilich jamoasining g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Shu tariqa Xosep Gvardiola, Antonio Konte, Maurisio Pochettino, Klaudio Ranyeri kabi mutaxassislar boshqaradigan jamoalar Angliya Liga Kubogini tark etdi.

Angliya Liga Kubogi
Nim chorak final
26-oktabr, chorshanba

“Manchester Yunayted” — “Manchester Siti” 1:0

Gol: Xuan Mata, 54 (1:0).

“Vest Hem” — “Chelsi” 2:1

Gollar: Sheyxu Kuyate, 11 (1:0). Edmilson Fernandes, 48 (2:0). Garri Kexill, 90+4 (2:1).

“Sautgempton” — “Sanderlend” 1:0

Gol: Sofiyan Bufal, 66 (1:0).

Chorak final
“Manchester Yunayted” — “Vest Hem”
“Arsenal” — “Sautgempton”
“Liverpul” — “Lids”
“Xall Siti” — “Nyukasl”

manba: Daryo.uz

ULASHISH