Yangi yil uchun salatni origal tarzda bezaymiz.

Kerakli mahsulotlar:

-Kartoshka (mundirda qaynatilgan) — 3-4 dona (300-400 g)
-Dudlangan go‘sht – 200 g
-Ananaslar (konservalangan) – 5 dona
-Tuxum (qaynatilgan) – 5 dona
-1 dona kichikroq piyoz
-1 dona olma (nordon)
-Limon sharbati – 1 choy qoshiq
-Mayonez
-Tuz, yong‘oqlarni bezatish uchun yangi tuyilgan murch, yashil piyoz
Tayyorlanishi:

Kartoshka tozalanadi, yirik tishli qirg‘ichdan chiqariladi. Tuxum tozalanadi va maydalanadi. Dudlanan go‘sht yupqa somoncha shaklida to‘g‘raladi (uning o‘rniga dudlangan tovuq ham ishlatsa bo‘ladi). Piyoz tozalanadi va mayda to‘g‘raladi. Ananaslarning suvi chiqarib, yuboriladi va uncha katta bo‘lmagan kubik shaklida to‘g‘raladi. Olmalar yuvib tozalanadi, po‘sti archiladi, yirik tishli qirg‘ichdan chiqariladi va limon sharbati purkaladi. Tayyorlab olingan mahsulotlar yassi idishga joylashtiriladi. Alohida tarzda mahsulotlarni mayonez bilan aralashtirib olsa bo‘ladi.

1-kartoshkaning yarmi,tuz, murch, mayonez.

2-piyozning yarmi, tuz, murch.

3-go‘shtning yarmi, birozgina mayonez.

4-olmaning yarmi.

5-tuxumning yarmi, tuz, murch, mayonez.

6-ananasning yarmi.

7-kartoshkaning qolgani, tuz, murch, mayonez.

8-piyozning qolgani, tuz, murch.

9-go‘shtning qolgani, birozgina mayonez.

10-olmaning qolgani.

11-ananasning qolgani.

12-tuxumning qolgani, tuz, murch, mayonez.

ULASHISH