Tvitterning amerikalik foydalanuvchilari #HesNotMyPresident (#UMeningPrezidentimEmas) heshtegini dunyo trendiga olib chiqishdi. Bugungi trendda shuningdek,  #Trump va President Trump heshteglari ham bor.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari AQSh prezidentligi saylovlari natijalarida respublikachilar nomzodi Donald Tramp g’olib bo’lganidan noroziliklari ifodalangan tvitlarga #HesNotMyPresident heshtegini ilova qilishmoqda.

Ular asosan Tramp o’zlarining manfaatlarini ifoda etmasliklarini ifoda qilishmoqda.

«Tramp g’alaba qilmadi. Nafrat g’olib keldi. Irqchilik zafar qozondi. Badaxloqlik yengdi. Tarbiyasizlikning oshig’i olchi bo’ldi», – deya yozgan foydalanuvchilardan biri.

Yana bir kishi esa butun vaziyatni tanqid ostiga olgan: «Men hayotimda ilk marta amerikalik ekanimdan faxr tuymayapman».

Uchinchisi esa liberalizmga sodiq bo’lib qolishini ma`lum qilgan. Yana bir foydalanuvchi Demokratik partiyani va Hillari Klintonni qo’llab-quvvatlashda davom etishini aytgan.

Ko’pchilik prezident Trampdan qo’rquvini ifodalagan.

Ba`zilar hali kurash davom etajagini bayon qilgan. Barak Obama o’z lavozimidan ketayotganiga afsus bildirganlar bo’lgan.

manba: Kun.uz

ULASHISH