Amerikalik xaker Rossiya TIV saytining arxiv versiyasiga buzib kirdi

22-oktabr kuni The Jester niki ostida harakat qiluvchi amerikalik xaker Rossiya tashqi ishlar vazirligining saytiga buzib kirganini ma’lum qildi. Uning e’loniga CNN va “Interfaks” e’tibor qaratdi, deb xabar beradi TJournal.

2200ed9209618d-680x437

“Buni qo‘ying. Siz atrofingizdagi mamlakatlarga bosim o‘tkazishingiz mumkin, ammo bu Amerika. Hech kimda taassurot qoldira olmaysiz”, — deyiladi xakerning xabarida.

Vazirlik vakili “Govorit Moskva” radiostansiyasi bilan suhbatda saytga daxl qilinganini tasdiqladi.

Shu bilan birga, rossiyalik blogerlar xakerning Twitter’dagi xabarini o‘rganib chiqib, aslida u TIVning amaldagi saytiga emas, balki uning arxivdagi versiyasiga hujum qilganini aniqladi.

8730de1488d075-680x347

Hozirgi paytda ushbu versiya ishlamayapti, amaldagi sayt esa ishlashda davom etmoqda.

manba: Daryo.uz

ULASHISH