16-noyabr kuni 17 yoshli Jamal Xinton notanish kishilar guruhidagi chatdan xabar oldi. Unda notanish ayol uni Shukronalik kuni munosabati bilan kechki ovqatga taklif qilgan edi, deb yozadi TJournal.

Uning kim taklif qilayotganligi haqidagi savolga “Buving” degan javob oldi.

Jamal “buvisiga” selfisini yuborgandan so‘ng, ayol adashganligini tushunib yetdi.  Yigitning kechki ovqatga qo‘shilish mumkinmi degan savoliga ayol “Ha, albatta. Axir barchani ovqatlantirish buvilarning ishi”, deb javob qaytardi.

Jamal Twitter’dagi sahifasiga joylagan skrinshot bir necha kun davomida 200 mingdan ortiq retvit to‘pladi.

Voqeadan bir hafta o‘tib, Jamal Vandanikiga mehmonga keldi. U, shuningdek, “buvisi”ning telefon raqamini yashirmasdan skrinshotlarni chop etganligi uchun uzr so‘radi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH