Aydaho-Follsdagi Aydaho milliy laboratoriyasi muhandislari Marsning birinchi fuqarolari tomonidan foydalana olish mumkin bo`lgan portativ yadroviy reaktorni yaratganlarini e’lon qilishdi. Olimlarning tadqiqotlari Annals of Nuclear Energy jurnalida e’lon qilindi. Bu haqda lenta.ru xabar berdi.
Yadroviy reaktorning quvvati 33 kilovattga teng bo`lib, uning faol ta’sir zonasi 80 ga 134 santimetrni tashkil qiladi, xizmat muddati — 15 yil. Yadroviy yoqilg`i sifatida tarkibida 15 foiz uran-235 bo`lgan, karbid sirkoniy va volframli qobiqqa o`ralgan qotishmadan foydalaniladi. Reaktor ishlab chiqargan energiyaning beshdan biri elektr energiyasi aylantirilishi mumkin.
Reaktorda sovutish vositasi sifatida Qizil sayyorada mo`l bo`lgan karbonat angridrid gazidan foydalaniladi. Olimlarning baho berishicha bunday moslama Marsda uch o`lchamli printer ishini va ekipaj a’zolarining hayotiy faoliyatini ta’minlash uchun yetarli bo`ladi.

ULASHISH