Amerikalik mashhur yozuvchi, AQSh prezidentligi saylovlarida Xillari Klintonni qo’llab-quvvatlagan Stiven King Donald Tramp g’alabasidan keyin internet-hududdan ketishini ma`lum qildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Yozuvchi mutolaa qilish uchun qaysi kitoblarni tashlash bo’yicha tavsiyalarini, itining antiqa suratlarini chop etmasligini va kelajakda siyosat haqida yozmasligini ta`kidlab o’tdi.

Ta`kidlanishicha, King  Donald Trampni tanqid qilib kelgan. U saylovlar kunida prezidentlik poygasini «uning xotirasidagi eng badbashara saylovlar» deb ta`riflagan.

May oyida King va yana 600 dan ko’proq yozuvchi Trampga qarshi chiqishgandi.

manba: Kun.uz

ULASHISH