Nyu-Yorkdagi Resorts World qimorxonasida omadini sinab ko‘rgan Katrina Bukman jetonni o‘yin avtomatiga tashlaganida uning ekranida yutuq 42,9 million dollarni tashkil etgani haqida xabar paydo bo‘ldi. Ushbu jek-pot AQSh tarixidagi bunday qurilmalarda yutib olingan eng katta summa bo‘lishi lozim edi, deya ma’lum qiladi “TASS”.

Biroq yangi millionerning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi. Bukman ertasiga pullarini olgani kelganida qimorxona xodimlari o‘yin avtomati ekranidagi yutuq qurilma nosozligi natijasida paydo bo‘lganini bildirdi. Muassasa rahbariyati bu xabardan ruhi tushib ketgan 4 nafar bolani ersiz boqayotgan ayolga tovon tariqasida bepul tushlik taklif etdi.

Bukmanning advokatlari hozirda qimorxonadan hech bo‘lmaganda o‘yin avtomatlarida yutib olish mumkin bo‘lgan maksimal summa — 6,5 ming dollarni undirishga harakat qilmoqda.

manba: Daryo.uz

ULASHISH