AQSh Milliy xavfsizlik agetligining sobiq xodimi Garold Tomas Martin III qamoqda qoldirildi. U chet elda yashirincha ishlovchi Amerika razvedka xodimlarining nomlari bilan ma’lumotlar o‘g‘irlashda ayblanmoqda. Bu haqda AP agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “Vedomosti”.

Martin advokatining uni ozod qilish haqidagi iltimosnomasiga qaramasdan, federal sudya uni qamoqda qoldirdi. Chunki maxsus xizmat xodimi AQSh dushmanlarida qiziqish uyg‘otishi mumkin.

Sudyaning so‘zlariga qaraganda, Martin 50 terabaytga yaqin ma’lumotlarni o‘g‘irlagan va ularning barchasi maxfiydir.

Martinni Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snoudenga o‘xshatishmoqda. Martin 27-avgust kuni o‘z uyida hibsga olingan edi. Sud hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, uni tintuv qilish chog‘ida maxfiy ma’lumotlarga ega minglab varaqli hujjatlar, shuningdek, axborotlarni elektron tashuvchi o‘nlab vositalar topilgan.

manba: Daryo.uz

ULASHISH