Amazon kompaniyasi Fiat Chrylser avtokorxonasi bilan uning avtomobillarini onlayn sotuv orqali savdo qilishini ma`lum qildi. Amazon bu ma`noda avtobozordagi o’z ulushini oshirib olishni rejalashtirgan, deb xabar bermoqda Business Insider nashri.

Ilk uchta model (500, 500L va Panda) 30 foiz chegirma bilan Amazon’ning italyancha versiyasida paydo bo’ladi, deb xabar bermoqda Reuters. Hozircha mazkur xizmatlar faqat Italiyada ko’rsatiladi.

Amazon xizmatida keltirib o’tilgan shartlarga muvofiq avtomobil xarid qiluvchi shaxs sayt orqali diler bilan bog’lanishi, kelishuvga erishilganidan so’ng ikki hafta o’tgach, o’z mashinasini olishi hamda zarur hujjatlarni qo’lga kiritishi mumkin bo’ladi.

manba: Kun.uz

ULASHISH