Amazon onlayn-reteyleri Alex ovozli yordamchisi bilan jihozlangan Echo “aqlli kolonkalar” seriyasini, yangi sensor ekranga ega model bilan boyitadi. Bu haqda hitech.vesti.ru boshqa manbalarga asoslanib xabar berdi.

2017-yilining boshlarida savdoga chiqishi kutilayotgan yangi moslama turli hajmdagi silindr shaklidagi oldingi Echo-gadjetlardan tubdan farq qiladigan bo‘ladi. Eski versiyadagi kolonkalarga faqat ovozli interfeys orqali ta’sir qilish mumkin. Yangi modelni esa bunga qo‘shimcha ravishda 7 dyumli sensor ekran orqali boshqarish imkoniga ega bo‘linadi.

Vizual interfeys foydalanuvchiga turli ma’lumotlar bilan tanishishni osonlashtiradi: bir necha kun oldinga ob-havoni ma’lumotini ko‘rish, yangiliklar va muhim sanalarni yodda tutish shular jumlasidandir. Ekran burchak ostiga turgan odamga tasvirdagi ma’lumot ko‘rinadigan tarzda joylashtiriladi.

Displeyli kolonkadan foydalanish ssenariyini uning ishlab chiqaruvchilari “oshxonadagi tong“da ko‘rishmoqda. Foydalanuvchi bir finjon qahva bilan yangiliklar, ob-havo va boshqa ma’lumotlarni bilishni istaganda, unga ham ovoz ham sensor orqali buyruq berish ko‘proq qulaylik yaratadi.

ULASHISH