Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi (BBGF)ning amaldagi prezidenti, ushbu sport turi bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Irina Viner-Usmonova tashkilot prezidentligiga yagona nomzod bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Alisher Usmonovning turmush o‘rtog‘i hisoblangan Irina Viner-Usmonovaning nomzodini federatsiyaning barcha hududlardagi vakillari qo‘llab-quvvatladi.

BBGFning Novogorsk shahrida start oladigan konferensiyaning kun tartibida tashkilot prezidentining 2013–2016-yillar uchun hisoboti, BBGFning prezidenti, ijrochi direktori, vitse-prezidenti va federatsiya Ijroqo‘mi saylovi o‘rin olgan.

Irina Viner-Usmonova 1992-yildan Olimpiya tayyorlash markazi bosh murabbiyi, 2001-yildan badiiy gimnastika bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda. Viner-Usmonova 2008-yili BBGF prezidenti etib saylangandi.

Qayd etish joiz, 27-noyabr, yakshanba kuni Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi rahbarligiga qayta saylangani haqida xabar berilgandi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH