MOSCOW, RUSSIA. DECEMBER 24, 2015. Alisher Usmanov (R), USM Holdings founder, president of the International Fencing Federation, seen ahead of a meeting of Russia's President Vladimir Putin with representatives of Russian business communities at Moscow's Kremlin. Alexei Druzhinin/Russian Presidential Press and Information Office/TASS Россия. Москва. 24 декабря 2015. Основатель компании USM Holdings, президент Международной федерации фехтования Алишер Усманов (справа) в Кремле перед началом встречи президента РФ В.Путина с представителями деловых кругов страны. Алексей Дружинин/пресс-служба президента РФ/ТАСС

Alisher Usmonov va uning sheriklari joriy yil oxiriga qadar “Metalloinvest” tog‘-metallurgiya kompaniyasi aksiyalarini to‘lig‘icha Rossiya yurisdiksiyasida — “Yuesem Metalloinvest” MChJ tarkibiga jamlashni rejalashtirmoqda. Hozirda mazkur jamiyat kompaniya aksiyalarining 54,3 foiziga egalik qilmoqda. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda

Aksiyalar Usmonov va uning sheriklariga tegishli Rossiyadagi sho‘ba korxonalar va Kiprdagi ofshor kompaniyalaridan o‘tkaziladi. Jumladan, Kiprning USM Holdings (“Metalloinvest”ning 22,1 foiz aksiyasiga egalik qiladi) va USM Investments (4,5%), Rossiyadagi “Lebedinskiy TBK” (15,96 %) va “OEMK” aksiyadorlik jamiyatlari (3,19%) “Metalloinvest”dagi ulushlaridan butkul voz kechadi.

Mazkur bitim 2014-yilda boshlangan aksiyalarni Rossiya yurisdiksiyasiga o‘tkazish jarayonini yakunlab beradi. Buning natijasida “Metalloinvest” egalari tizimi o‘zgarmaydi: kompaniya aksiyalarining 100 foizi USM Holdings’ga tegishli. Ushbu xolding Alisher Usmonov (ulushi 48%) va uning sheriklari Vladimir Skoch (30 %) hamda Farhod Moshiriy (10%) tomonidan nazorat qilinadi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH