“Barselona” Alibaba Group bilan homiylik shartnomasini imzolashi haqida bugun, 16-noyabr kuni e’lon qiladi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.

2017/18-yilgi mavsumdan boshlab Xitoyning AliExpress riteyleri kataloniyaliklarning titul homiysi bo‘ladi. Alibaba Group’ning sho‘ba korxonasi hisoblangan AliExpress internet orqali savdo qilish bo‘yicha dunyoda yetakchilardan biri sanaladi.

Ma’lumot uchun, 2010-yildan buyon “Barselona” klubining titul homiysi Qatar Airways kompaniyasi bo‘lib kelmoqda.

manba: Daryo.uz

ULASHISH