Aktrisa Shahzoda Matchonova “Aldangan farishtalar” va “O‘tgan kunlar” filmlarida suratga tushmoqda

Aktrisa Shahzoda Matchonova kinodagi ijodi haqida Instagram’dagi sahifasi orqali muntazam axborot berib turadi.

Aktrisa rejissor Yolqin To‘ychiyevning “Ma’suma” nomli yangi filmida suratga tushgani, film premyerasi yaqin orada bo‘lishi haqida avval xabar berilgan edi.

Shahzoda Matchonovaning Instagram’da ma’lum qilishicha, u ishchi nomlari “Aldangan farishtalar” va “O‘tgan kunlar” nomli filmlarda ham suratga tushmoqda.

shahzoda-2-600x600

Filmlar syujeti, kim tomonidan suratga olinayotgani, taqdimoti haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. “O‘tgan kunlar” filmida Matchonova shifokor rolini ijro etishi ko‘rsatilgan.

shahzoda-1-1-600x600

manba: Daryo.uz

ULASHISH