“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘zavtoyo‘l” kompaniyasi, “O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” unitar korxonasi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi 2016—2017-yillarda aksiyadorlik jamiyatlariga aylantiriladi. Bu 17-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Davlat ulushi aksariyat qismini tashkil etuvchi aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi qarorda ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

Mazkur hujjat bilan oddiy aksiyalarining 100 foizi davlatga tegishli (jumladan, AJga aylantirilishi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan) 10 ta strategik aksiyadorlik jamiyati ro‘yxati tasdiqlandi. Ular quyidagilardan iborat:

1. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi
2. “O‘zbekenergo” AJ
3. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
4. “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ
5. “O‘zavtoyo‘l” AJ
6. “O‘zbektelekom” AJ
7. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ
8. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ
9. “Xalq banki” aksiyadorlik-tijorat banki
10. “O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik-tijorat banki.

ULASHISH