24-noyabrda AQSHda Shukronalik kuni nishonlanadi, bayram munosabati bilan Anjelina Joli va Bred Pitt o‘z bahs-munozaralarini chetga surib turib, bayramni oilaviy dasturxon atrofida nishonlashga qaror qilishdi. Bu haqda ledy.mail.ru xabar berdi.

Ularni bunday qaror qabul qilishga ota-onalarini birga ko‘rishni orzu qilayotgan bolalar turtki bo‘lgan, deb yozadi OK nashri. Manbaning aytishicha, ularning 10 yoshli qizi Shaylo ota-onasiga boshqa bahslashmaslikni va bayramni birga nishonlashni so‘rab elektron xat yozgan. Joli bu xatni o‘qigach, darhol Pittga qo‘ng‘iroq qilgan va shu bir necha kunga yarashishni taklif qilgan. Nashrning yozishicha Bred bu taklifdan juda quvongan va uni qabul qilgan.

Jurnalistlarning yozishicha aslida aktyor va ularning bolalari orasida hech qanday mojaro yo‘q va ular bir-birlarini juda sog‘inishmoqda. Biroq bu yarashuv uncha uzoq davom etmasa kerak, chunki ikkala aktyor ham ota-onalik huquqlari uchun sudlashish niyatidan qaytgani yo‘q.

ULASHISH