Kerakli mahsulotlar:

200 g pishloq

300 g dudlangan go‘sht

150 g koreyscha sabzi

1 dona barra bodring

2 dona tuxum

Mayonez

Tayyorlanishi:

Pishloqni qirg‘ichdan chiqaring. Dudlangan go‘shtni ingichka somoncha shaklida to‘g‘rang. Bodringni qirg‘ichdan chiqarib, hosil bo‘lgan suvini to‘kib tashlang. Tuxumni qaynating. Likopga salatni quyidagi tartibda har bir qavatiga mayonez surkagan holatda joylashtiriladi.

1-qavat – pishloq

2-qavat – dudlangan go‘sht

3-qavat – pishloq

4-qavat – dudlngan go‘sht

5-qavat – bodring

6-qavat –sabzi

Tayyor salatni ko‘kat yoki zaytun bilan bezating. Tajriba sifatida misol uchun krab tayoqchalari yoki nordon-shirin olma ko‘shishingiz mumkin.

ULASHISH