Kerakli mahsulotlar:

1 stakan shakar

1 stakan un

4 dona tuxum

Pichoq uchida vanilin
Tayyorlanishi:

1.Tuxumlarni oqidan sarig‘idan ajratamiz. Oqini mikserning eng past tezligida ko‘pirtiriladi. Sekin-asta bitta qoshiqdan shakar solib, vanilin sepiladi.
2.Qattiq qilib ko‘pirtirilgan massaga bir qoshiqdan tuxum sarig‘i solinib, ko‘pirtirishda davom etiladi.
3.Mikserni o‘chirib, tog‘orachadagi massaga unni elakdan o‘tkazib solishni boshlaymiz, pastdan tepaga qaratgan holatda qoshiq bilan ehtiyotkorlik bilan aralashtiriladi.
4.Tayyor xamirni yog‘langan qolipga solinadi va 190-200 haroratda qizdirilgan gaz pechiga 20-25 daqiqaga jo‘natiladi.
5.Biskvitni pishirishning asosiy qoidasi – gaz pechi eshigini ochmaslik, aks holda biskvit o‘tirib qoladi. Pishgach, qolipdan ajratamiz va sovutishga qo‘yamiz.
Barcha qoidalarga amal qilinganda biskvit baland va juda yengil bo‘ladi. Bu tort uchun ajoyib asos bo‘lib xizmat qiladi.

ULASHISH