Hindistonning shimoliy qismida yashovchi, bir umr etikdo`z bo`lib ishlagan Maxashta Murasi ismli qariya 1835 yilda tug`ilganini, 181 yoshga to`lganini ma`lum qildi, deb xabar berdi “Etokengu.ru” nashri.

Agar uning so`zlari tasdiqlansa, qariya nafaqat dunyoning, balki butun insoniyatning eng keksa odami hisoblanadi. Nigeriyada ham rasman tan olinmagan 191 yoshli Mama Efisho ismli qariya yashashi aniqlangan.

“Men dunyoning eng keksa odami hisoblanaman, bundan 181 yil ilgari tug`ilganman. Mening mavjudligimni ajal ham unutgan”, dedi Maxashta Murasi. Uning so`zlarini Hindiston hukumati va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar ham tasdiqladi. Faqatgina  tibbiyot xodimlari bu faktni isbotlab berolmadi, chunki uni so`nggi marotaba tibbiy ko`rikdan o`tkazgan vrach 1971 yilda vafot etgan.

OAVlarning axborot berishicha, qariya 1835 yilning 6 yanvarida Bangolorda dunyoga kelgan. 1903 yilda Varansiga ko`chib o`tgan va bu erda 122 yoshgacha, ya`ni nafaqaga chiqqunga qadar istiqomat qilgan.

“Farzandlarimni, nevralarimni ko`mdim, ajal meni unutdi. 150 yil umr kechirsam bo`ldi, degandim, ammo 170 dan oshsam ham tirikman. Umriboqiy odamman shekilli, bu so`z menga zavq bag`ishlaydi”, deb qariya  o`z hayoti haqida falsafiy fikr bildirdi.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH