Fransiyaning Tuluza shahrida mavjud A350 samolyotlarining eng yirik versiyasi bo‘lmish ikki motorli Airbus A350-1000 havoga ko‘tarildi. Parvoz Airbus kompaniyasining Tuluzadagi aerodromidan amalga oshirildi, deb xabar beradi “RBK” Reuters’ga asoslangan holda.

24-noyabrning ertalabki soatlarida samolyot uch soatlik parvozni amalga oshirdi. Parvozni yangi avialaynerni yaratish bo‘yicha 356 million dollarlik loyihaga investitsiya kiritgan aviakompaniyalar rahbarlari kuzatib turdi.

Havoga ko‘tarilgan samolyot qish oylarida intensiv sinovlardan o‘tkaziladigan uch namunadan biridir. Samolyotlar 2017-yilning ikkinchi yarmidan foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Yangi havo kemasini birinchi bo‘lib Qatar Airways aviakompaniyasi ekspluatatsiyaga kiritadi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH