Boks bo‘yicha 12 karra jahon chempioni kichik Floyd Meyvezer Nyu-York shahrida AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp bilan uchrashib, uni saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi.

Uchrashuvda, shuningdek, Donald Trampning o‘g‘li – kichik Donald Tramp ham ishtirok etdi. Ularning birgalikda tushgan suratini kichik Donald Tramp Twitter’dagi sahifasiga yukladi.

Ma’lumot uchun, 2015-yilda faoliyatini yakunlagan sobiq sportchi professional ringda 49 ta jang o‘tkazib, barchasida (26 tasida nokaut bilan) g‘alaba qozongan.

manba: Daryo.uz

ULASHISH