Afrikaning o‘tkir hid bilish qobiliyati bilan mashhur xaltali ulkan kalamushlari yovvoyi jonivorlarni noqonuniy ovlovchi brakonyerlarga qarshi kurashga jalb etiladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

ABC nashrining ma’lum qilishicha, kemiruvchilarga yuk ichida pangolinlar tangachalarini payqash o‘rgatiladi. Ushbu o‘rmalovchilar qirilib ketish ostonasiga yaqinlashib qolgan bo‘lib, Afrikada ularni ovlash taqiqlangan. Shunga qaramay, pangolinlar tangachalari Osiyo qora bozorida katta shuhratga ega, undan an’anaviy tibbiyotda foydalaniladi.

Mutaxassislarning ishonishicha, xaltali ulkan kalamushlar kontrabandani aniqlay oladi. Brakonyerlar odatda pangolinlar terisini qahva solingan qoplarga bekitadi.

Ayni paytda o‘qishlardan o‘tayotgan kalamushlar 2017-yil oxiridan ishga kirishishi kutilmoqda.

Ilgari kalamushlar minani hididan aniqlay olishi ma’lum qilingan edi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH