Parvoz etayotgan samolyot manzarasi kishini ta`sirlantiradi, ammo uning uchun yangilik hisoblanmaydi. Los-Anjyelesdan bo’lgan fotosuratchi Maykl Kelli bitta suratda dunyoning turli aeroportlaridan parvoz etayotgan samolyotlar tasvirlarini jamlashga qaror qildi.

Kelli 2 yil mobaynida dunyoning 18 ta aeroportida parvoz etayotgan havo kemalarini suratga tushirdi. Shundan so’ng, u barcha tasvirlarni jamlab, yagona kompozitsiya hosil qildi.

Fotosuratchi samolyotlar parvozini kechki soat 17:00dan 18:00gacha bo’lgan vaqt orasida Los-Anjyelesda suratga oldi yoki tonggi 6 va 8 oralig’ida Dubayda suratga tushirdi. Aynan mana shu vaqt parvozlarning tig’iz vaqti hisoblanadi.

U, shuningdek, Londonning Hitrou, Tsyurix, Myunxen, Amsterdam va Frankfurt-Mayndagi aeroportlarda ham havo laynerlarining parvozini suratga olgan.

Loyiha «Aeroportretlar» (Airportraits) deb nom oldi. Kellining aytishicha, u kollajlar uchun ikki yillik umrini, 75 000 parvoz mili va “fotoshop uchun juda ko’p vaqt” sarflagan.


Los-Anjyeles Xalqaro aeroporti

Myunxen aeroporti

Londonning Xitrou aeroporti

Tokio aeroporti

manba: Kun.uz

ULASHISH