Adel bilan g`alati hodisa Mexikoda sodir bo`ldi. Xonandaning boshiga ko`rshapalak tushib ketdi, shu sababli u konsertini to`xtatishga majbur bo`ldi. 

Quyida aks etgan kadrlarda Adel baqirib ko`r shapalakdan qochgani aks etgan.

“Bu erda ko`rshapalak bor! U mening boshimda!», — deydi Adel.

Hodisa tez orada o`z echimini topdi. Adelning Meksikadagi konserti Belfastda fevralda start olgan jahon turnesi doirasida bo`lib o`tdi.

Bunday hodisalar Adel bilan tez-tez sodir bo`ladi. Avvalroq xorijiy OAVlar Adelning oldiga itini tanishtirishga olib chiqishgan muxlisi haqida xabar bergandi.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH