Olimlar keksayganda ham chekishdan voz kechish umrni uzaytiradi deb hisoblashmoqda. Ularning xulosalari American Journal of Preventive Medicine jurnalida e’lon qilindi, — deb xabar beradi gazeta.ru.

AQShdagi Merilend Milliy saraton instituti mutaxassislar olti yil davomida 70 yoshdan oshgan 160 ming kishini kuzatishdi. Ular orasida chekuvchilar, chekishni tashlaganlar va umuman chekmaydiganlar bor edi. Izlanish ishtirokchilari orasida tadqiqot yakuniga qadar 12,1% — umuman chekmaydiganlar, 33,1%-chekuvchilar o‘limi qayd etildi. Chekishni tashlaganlar orasida o‘lim holati chekishni 30 yoshgacha tashlaganlarda 16,2% dan, 60 yoshda chekishni tashlaganlarda 27,9% ko‘rsatkichni tashkil etgan.

Chekish tufayli kelib chiqqan o‘lim holatlari o‘zida o‘pka, buyrak, yo‘g‘on ichak, oshqozon va oshqozon osti bezi saratonlari, yurak kasalliklari, insult, diabet, pnevmoniya va surunkali o‘pka kasalliklarini mujassam etgan.

ULASHISH