O‘zbekistonda Prezident saylovi uchun muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 24-noyabr kuni boshlandi. Ayni paytgacha muddatidan oldingi saylovda 41 724 kishi ovoz berdi. Bu haqda O‘zbekistonda birinchi marta tashkil etilgan “Saylov.uz-2016” press-klubi ma’lum qildi.

Muddatidan oldin ovoz berishda saylov kunida bo‘la olmaydigan va buning sabablari (ta’til, xizmat safari, chet elga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan arizani taqdim etgan saylovchilar qatnashadi.

Muddatidan oldin ovoz berish saylovga 10 kun qolganda boshlanadi va saylovga bir kun qolganida to‘xtatiladi.

Eslatib o‘tamiz, xorijiy va milliy OAV vakillarining professional faoliyati uchun xalqaro standartlarga mos keladigan qulay infratuzilma va sharoitlar yaratish, interfaol axborot media-maydoni tashkil qilish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonining borishi to‘g‘risida xolis kontentni shakllantirish, xalqaro kuzatuvchi va ekspertlarni, shuningdek, media-hamjamiyat vakillarini respublika erishgan yutuqlar bilan tanishtirish maqsadida nodavlat media-sektorning mustaqil vakillari tomonidan O‘zbekistonda birinchi “Press-Club Elections.uz-2016” (“Saylov.uz-2016” press-klubi) tashkil etish haqidagi fuqarolik tashabbusi ilgari surildi.

“Press-Club Elections.uz-2016”ning rasmiy ochilish marosimi 2016-yil 30-noyabrda bo‘lib o‘tadi.

ULASHISH