4-dekabr — O‘zbekiston Prezidenti saylovi kunida Toshkent metropolitenidan foydalanish bepul bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti saylovi kuni, ya’ni, 4-dekabr sanasida Toshkent metropolitenidan foydalanish barcha yo‘lovchilar uchun bepul bo‘ladi.

metro-tash-1-680x390

Bu haqdagi e’lonning metropolitendagi jeton xarid qilish kassalariga osib qo‘yilgani borasidagi rasm Facebook’dagi “Maslahat.uz” guruhiga qo‘yilgan. Qayd etish kerak, shu yilning 28-oktabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining tuzilmasi yangilanib, Toshkent metropoliteni uning tasarrufiga kiritilgandi.

123-2-450x600

Ma’lumot uchun, Toshkent metropolitenining uchta yo‘nalishi bor bo‘lib (“O‘zbekiston”, “Chilonzor”, Yunusobod”), uning umumiy uzunligi 39 kilometrni tashkil qiladi. Metropolitendan har kuni 200 mingga yaqin yo‘lovchi foydalanadi.

“Daryo” mobil muxbiri 60-avtobus chiptachisiga asoslanib, 4-dekabr kuni avtobuslarning ham bepul bo‘lishi haqida ma’lumot berdi. Biroq “Toshshahartransxizmat” AJ xodimi bilan bog‘lanilganida, tashkilotda bunday ma’lumot yo‘qligi qayd etildi.

ULASHISH