O‘zbekiston Prezidenti saylovi kuni, ya’ni, 4-dekabr sanasida Toshkent avtobuslaridan foydalanish barcha yo‘lovchilar uchun bepul bo‘ladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Avvalroq Toshkent metropoliteni yo‘lovchilar uchun bepul xizmat ko‘rsatishi haqida xabar chiqqandi.

4-dekabr kuni Toshkent shahridagi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovchi avtobuslar hamda metro qatnovi soat 05:00 dan boshlanishi va kun davomida yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatishini ma’lum qilamiz, deb yozilgan Toshkent shahar hokimligi saytida. Shu kuni saylov uchastkalari soat 06:00 dan boshlab ochiq bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahar avtobus yo‘nalishlari har kuni 700 ming yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazadi. Shahar metropolitenidan esa kuniga 200 mingga yaqin yo‘lovchi foydalanadi.

ULASHISH