Londonning “Arsenal” jamoasi hujumchisi Teo Uolkott 34 metr balandlikdan uloqtirilgan to‘pni oyoqlari bilan to‘xtatib, Ginnesning rekordlari kitobidan joy oldi. Bu haqda Metro nashri xabar bermoqda.

Rekordni o‘rnatish shartiga ko‘ra, futbolchi 34 metr balandlikdan uloqtirilgan to‘pni to‘xtatishdan tashqari, uni yerga tushirmasdan besh marta zarba berishi kerak bo‘lgan.

27 yoshli angliyalik futbolchidan tashqari uning kluboshlari Loran Kosyelni, Nacho Monreal va Fransis Koklen jahon rekordini o‘rnatishga urinib ko‘rdi, ammo faqatgina Uolkott buning uddasidan chiqdi.

manba: Daryo.uz
ULASHISH