AQShning Sinsinnati universiteti olimlar 2,5 milliard yoshli bakteriyani topdilar.Kashfiyot Janubiy Afrika hududida o‘tkazilgan qazilma ishlari jarayonida amalga oshdi. Bu haqda izvestia.ru xabar berdi.

Olimlarning fikricha bakteriya oltingugurtga boy okean tubida, Vaalbarlar mavjud bo‘lgan davrda, Yer plitalarining faol harakati natijasida Afrika va Avstraliya materiklariga bo‘linib ketmagan vaqtda shakllangan. Bakteriya o‘zining bugungi kundagi avlodlariga qaraganda yirik hajmda bo‘lgan va ko‘proq bir hujayrali organizmni eslatgan.

Bakteriya shakllanayotgan davrda atmosferada kislorod miqdori bugungi kun bilan taqqoslaganda 0,0001% ga teng bo‘lgan. U okean tubida hayot kechirgan va kislorodga ehtiyoj sezmagan. Keyinchalik fotosintez natijasida sayoz suvliklardagi bakteriyalar ko‘proq kislorod ishlab chiqarishni boshlashgan.

ULASHISH