Time jurnali o‘tayotgan yil sarxisobi doirasida 2016-yilning eng yaxshi video o‘yinlarini e’tirof etdi. Bu haqda lenta.ru xabar beradi.

Qizig‘i ro‘yxatda yuqori nufuzli nomlar uchramaydi, o‘ninchi o‘rin ham ko‘plab “geymer“larning “xafsalasini pir qilgan” No Man’s Sky’ga berilgan. Undan keyin, to‘qqizinchi qatorni Battlefield 1 egallagan. Ro‘yxatni Virginia, Crashlands, Dragon Quest Builders, Burly Men at Sea va Tharsis kabi o‘yinlar davom ettirgan.

Kuchli uchlikni Limbo ijodkorlari tomonidan taqdim etilgan Inside o‘yini ochib bergan. Ikkinchi o‘rinni PlayStation 4 uchun maxsus taqdim etilgan “Uncharted 4: O‘g‘rilik yo‘li” o‘yini egallagan. Time jurnalistlari tomonidan Jonaton Blou’ning The Witness boshqotirmasi yilning eng yaxshi o‘yini deb e’tirof etilgan.

Avgust oyi oxirida Time jurnali tarixdagi eng yaxshi video o‘yinlar top-50’ini e’lon qilgandi. Unda sovet matematigi Aleksey Pajitnov tomonidan ishlab chiqilgan «Tetris” barcha davrlarning eng yaxshi o‘yini deb tan olingan edi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Super Mario 64 (Mario o‘yinlari seriyasidagi birinchi uch o‘lchamli o‘yin) va The Legend of Zelda: Ocarina of Time o‘yinlari egallagan edi.

ULASHISH