Amerikalik qo`shiqchi Selena Gomez Instagram tarmog`idagi eng mashhur yulduzga aylandi. Bu haqda yil yakunlarini hisoblab chiqayotgan ijtimoiy tarmoq matbuot xizmati e’lon qildi, — deb yozadi lenta.ru.
24-yoshli Selena Gomesning Instagram’dagi sahifasiga 1-dekabr holatiga ko`ra 103 million muxlis obuna bo`lgan.
Instagramdagi eng mashhur yulduzlar ro`yxati quyidagicha:
1. Selena Gomes (@selenagomez) — 103 million obunachi
2. Teylor Svift (@taylorswift) — 93,3
3. Ariana Grande(@arianagrande) — 90,3
4. Beyonse (@beyonce) — 89,3
5. Kim Kardashyan (@kimkardashian) — 88,3
6. Jastin Biber (@justinbieber) — 77,8
7. Kristiano Ronaldo (@cristiano) — 77,2
8. Kayli Jenner (@kyliejenner) — 74,9
9. Duen Jonson (@therock) — 71,6
10. Kendall Jenner (@kendalljenner) — 69,3

ULASHISH