1969-yilgi Chevrolet Chevelle’ga yangi Corvette’ning dvigateli o‘rnatildi

Chevrolet kompaniyasi 1969-yilgi Chevelle kupesi negizida tayyorlangan Chevelle Slammer konsept-karini namoyish etdi. Bu haqda Motor xabar bermoqda.

concept-1-680x383

Prototip zamonaviy Corvette Stingray va Camaro SS modellariga o‘rnatiladigan modernizatsiya qilingan dvigatellar bilan ta’minlangan bo‘lib, motor 460—535 ot kuchi bera olishi aytilmoqda.

concept-2-680x383

Yangi avtomobilning premyerasi SEMA tyuning-festivali doirasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Mazkur festivalda Chevrolet tyuning qilingan 20 dan ortiq mashinani namoyish etmoqchi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH